
Kukunli mahsulotlar uchun vertikal avtomatik qadoqlash uskunasi
Kukunli mahsulotlar uchun vertikal avtomatik qadoqlash uskunasi — granula, kukun, don va boshqa quruq mahsulotlarni avtomatik ravishda o‘lchab, qadoqqa joylab, muhrlaydigan vertikal qadoqlash uskunasi.
Ushbu qadoqlash uskunasida asosan kukunli mahsulotlarni jumladan kofe, quruq sut, kraxmal, ziravorlar, dorivor kukunlar, un va boshqa shu turdagi mahsulotlarni avtomatik sachet ko’rinishida qadoqlab beradi. Uskunada dozalash vazifasini maxsus shnek bajarib beradi.
SC-280 modeli asosidagi ushbu uskuna plyonka rulonini avtomatik shakllantirib, mahsulotni o‘lchab quyadi va paketni uch yoki to‘rt tomondan muhrlab beradi. Oziq-ovqat, kimyo va boshqa sohalarda kukunli, donador va granula shaklidagi mahsulotlarni qadoqlash uchun ishlatiladi.
Qadoqlash tezligi 30-50 dona/ min ni tashkil etadi, boshqaruv paneli orqali qadoq o‘lchami va vaznini moslash mumkin. Uskuna zanglamas metalldan tayyorlangan bo‘lib, gigiena talablariga javob beradi.
Texnik xususiyatlari
- Model
- SC-280
- Elektr sarfi
- 2,5 kw
- Qadoqlash tezligi
- 30-50 dona/ min
- Qadoq uzunligi
- 40-200 mm
- Qadoq eni
- 30-130 mm
- Rulon eni
- Maks 280 mm
- Qadoqlash hajmi
- 5-200 gr
- Uskuna og’irligi
- 320 kg
- Uskuna o’lchamlari
- 1080*850*1075 mm









